Skip navigation and move to Contents...

O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob 2012

⛶Kalom, Yakshanba, 11 Oktabr 2026

Egangiz Xudo sizlarni shu yergacha, xuddi ota o‘g‘lini opichlaganday, butun yo‘l bo‘yi ko‘tarib keldi.

Tavrot, Qonun takrori 1:31

Ota bolalariga shafqat qilganday, Egamiz O‘zidan qo‘rqqanlarga rahm qiladi.

Zabur 102:13

Tavrot, Qonun takrori 1

30 Egangiz Xudoning O‘zi oldingizda yuradi. Ko‘zingiz oldida Misrda jang qilganday, sizlar uchun jang qiladi.
31 Egangiz Xudo sizlarga sahroda g‘amxo‘rlik qilganini o‘zingiz ko‘rdingiz. U sizlarni shu yergacha, xuddi ota o‘g‘lini opichlaganday, butun yo‘l bo‘yi ko‘tarib keldi.
32 Shunda ham sizlar Egangiz Xudoga ishonmayapsiz.

Zabur 102

12 Sharq g‘arbdan qanchalik uzoq bo‘lsa,
Gunohlarimizni bizdan shu qadar uzoq qiladi.
13 Ota bolalariga shafqat qilganday,
Egamiz O‘zidan qo‘rqqanlarga rahm qiladi.
14 Biz qanday yasalganimizni U biladi,
Biz tuproq ekanimizni U yodida tutadi.
uz-Latn O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob 2012